“Ekoagro va madaniy turizm” eko-agrotur

“Ekoagro va madaniy turizm” eko-agrotur

  • Davomiyligi2 kun
  • TuriEko-agro va madaniy tur
  • HududBuxoro viloyati

Tur haqida

Tur haqida

O‘zbekiston tabiati rang-barang va hayratlanarli darajada go‘zal. Sayyohlar nisbatan qisqa vaqt ichida qadim va navqiron Buxoroning ekologik va madaniy markazlariga tashrif buyurishlari mumkin. Taklif etilayotgan ekskursiya turistlarni Buxoro viloyatining eng qiziqarli ekologik joylari va go‘zal tabiat manzaralari, shuningdek, qadimiy Buxoroning dunyoga mashhur yodgorliklari va hunarmandchilik markazlari bilan tanishtiradi. Sayyohlar xushmanzara agroturistik markazlarini, tib ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino muzeyini, zardo‘zlik markazlari, dunyoga mashhur gilamlarning to‘qish jarayonlarini va haqiqiy sharqona hayotni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Bemisil ta’mga ega o‘zbek oshxonasining mazali taomlaridan tatib ko‘rishadi. Ekskursiya sayyohlar, tarix, tabiat va sarguzashtlarni sevuvchilar uchun qiziqarli bo‘ladi.

Sayohat rejasi

“Muzaffar Shodi Baraka” agroturizm markazi

“Muzaffar Shodi Baraka” agroturizm markazi

Romitan tumanida tashkil etilgan “Muzaffar Shodi Baraka” agroturizm markazida “Turizm infratuzilmasi kompleksi” tashkil etilgan siz bu yerda yetishtirilayotgan mevali daraxtlar, tut daraxtlari mevalaridan tatib ko‘rish va zavqlanishingiz mumkin. Baliq ovini xush ko‘ruvchi ovchilarimiz uchun suv havzasi, shovqin-surondan dam olmoqchi bo‘lganlar uchun esa manzarali xiyobon, ovqat tayyorlash va yangidan yangi taomlarni pishirishga qiziqsangiz siz uchun master klasslar hamda ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish bundan tashqari qulay va zamonaviy mehmonxona xizmatlari tashkil etilgan.

Tashrif buyuruvchi sayyohlar yuqoridagi xizmatlar va boshqa qo‘shimcha xizmat turlaridan keng foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

“Qora-qir” ko‘lida ekoturizm markazi

“Qora-qir” ko‘lida ekoturizm markazi

Qora-qir ekoturizm markazi Buxorodan 40 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, ovchilik turizmiga ixtisoslashtirilgan. Markazda baliq ovi, ovchilik hamda “yovvoyi-tur” dam olish havaskorlariga ko‘plab xizmat turlarini taklif etib kelmoqda.

Qora-qir ko‘li mazali va yirik hajmdagi baliqlarni tanovvul etishni sevuvchilar uchun eng yaxshi maskandir. Bu yerda “zog‘ora”, “oqqayroq”, “xumbosh”, “sudak”, “ilonbaliq” va albatta qumli chuqurliklar qiroli “laqqa” baliq turlari mavjud.

Qora-qir ko‘li cho‘lning o‘rtasida joylashgan bo‘lishiga qaramay bu yerda nafaqat baliq ovlash balki yovvoyi hayvonlarni ovlash, ot va tuyada sayr qilish, shifobaxsh buloqlarda cho‘milish kabi xizmat turlari ham keng yo‘lga qo‘yilgan.

Abu Ali Ibn Sino muzeyi

Abu Ali Ibn Sino muzeyi

Buyuk tabib, alloma va ilm fidoiysi Abu Ali ibn Sinoning Afshonda joylashgan muzey eksponatlari olimning hayoti va faoliyati, uning yashab ijod qilgan davri – Somoniylar sulolasi hukmronligi davri haqida hikoya qiladi. Bu X-XI asrlarga oid arxeologik ashyolar to‘plami, idish-tovoqlar, olim asarlaridagi tavsif va chizmalar bo‘yicha rekonstruksiya qilingan tibbiy asboblar to‘plami, qo‘lyozmalarining faksimil nusxalari. Zallardan birida Avitsenna vazir ibn Mansur muolajasi aks ettiruvchi real o‘lchamdagi shakllar sahnasi namoyish etilgan.

Muzey oldida kichik bog' bo‘lib, u yerda dorivor giyohlar yetishtiriladi. Muzeyda videozal, choyxona va sovg‘alar do‘koni mavjud. Muzeyda tashrif buyuruvchilar Ibn Sino davridagi tibbiy asboblarning nusxalari, “Tibbiyot kanoni”, “Bilim kitobi” va “Shifolash kitobi”ning qo‘lyozmalari, X asr chinni qoldiqlari bilan tanishishlari mumkin. Muzeyning chiroyli zallari, dam olish xonasi, konferensiya zali va audio-video kutubxonasi mavjud.

Abu Ali Ibn Sino muzeyi

“Zikri” ko‘li ekoturizm markazi

“Zikri” ko‘li ekoturizm markazi

Qorovulbozor tumani, “Buzachi” mahallasi “Zikri” tabiiy suv havzasi bag‘rida turistlar uchun zamonaviy qulayliklarga ega kottedj, do‘kon, oshxona, dam olish xonalari va boshqa qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, tabiiy suv havzasida qayiq va boshqa baliqchilikka mo‘ljallangan anjomlar baliq ovlashni xush ko‘ruvchi ovchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan.

Mazkur ekoturizm obyekti tabiiy suv havzalarida sayyohlar va mehmonlar uchun intensiv usulda baliq parvarishi, havaskor baliqchilar uchun baliq ovlari uyushtirish va tayyor mahsulotni xarid qilish imkoniyatlari yaratilgan.

“Qorako‘l Lider” ishlab chiqarish markazi

“Qorako‘l Lider” ishlab chiqarish markazi

Qorako‘l terisi dunyoning eng mashhur mo‘yna yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lib, tabiiy toza mahsulotlari bilan ajralib turadi. “Qorako‘l lider ishlab chiqarish markazi”da palto, mo‘ynali kiyimlar, qisqa mo‘ynali kiyimlar, erkaklar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, ayollar va erkaklar bosh kiyimlari xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun taklif etiladi.

Teri oshlanib tayyor mahsulot ko‘rinishiga kirgunga qadar mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tadi. Ushbu mahsulotni tikilish va tayyorlanish jarayonlari borasida tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun mahorat darslari o‘tkazish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Jondor tandirsozlik qishlog‘i

Jondor tandirsozlik qishlog‘i

Yurtimizning qay bir qishlog‘idagi qaysi bir xonadonga mehmon bo‘lib bormang, albatta, dasturxon yozib, oldingizga tandirda pishirilgan xushbo‘y isli non tortiladi. Ana shunday xushbo‘y va xushta’m nonlar yopiladigan tandir yasashning o‘ziga xos uslublari mavjud bo‘lib, undan faqat tandirsoz ustalargina xabardor.

Tandirchilik qadim qadimdan o‘zbek xalqi hayotida muhim ahamiyat kasb qilib kelgan. O‘zbekistonning har bir hududida tandirchilikning turli shakllari mavjud. Shu jumladan, Jondor tandirchiligi ham o‘ziga xos uslubga ega. Jondor tumani, Ushot qishlog‘i aholisining 70 foizi tandirchilik bilan shug‘ullanib keladi. Sayyohlar uchun tandir yasash jarayoni mahorat darslarini namoyish qilish, suvenir mahsulotlari sotuvi, milliy taomlar namoyishi amalga oshiriladi.

Jondor tandirsozlik qishlog‘i

“Kulita” karvon saroyida gilam to‘qish markazi

“Kulita” karvon saroyida gilam to‘qish markazi

O‘zbekistonda gilamdo‘zlik xalq hunarmandchiligining qadim turlaridan biri hisoblanadi va yarim ko‘chmanchi (chorvadorchilik) tarzda hayot kechiruvchi jun mahsulotlariga (asosan qo‘y va tuya) juda boy mahalliy qabilalarning asosiy mashg‘uloti bo‘lgan.

Qo‘lda gilam to‘qish nihoyatda sermashaqqat ish, to‘quvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Buxoro gilamdo‘zlik maktabi ham o‘z yo‘nalishiga ega. “Kulita” karvonsaroyida Buxoro gilam to‘qish markazi faoliyat olib borayotgan bo‘lib, tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun mahorat darslari o‘tkazilishi keng yo‘lga qo‘yilgan.

“Kulita” karvon saroyida gilam to‘qish markazi

“Malika Sulton” zardo‘zlik markazi

“Malika Sulton” zardo‘zlik markazi

Zardo‘zlik markazida chopon, do‘ppi, peshonaband, belbog', qiyiqcha, nimcha kabi o‘zbek an’anaviy liboslari; chimildik, joynamoz, va turli xaltacha (choy, pul, pichoq) kabi buyumlar tikiladi. Shu bilan birga, hozirgi kunda mahobatli shakldagi zardo‘zi buyumlar – mavzuli pannolar, teatr pardalari hamda sovg‘a buyumlar, ignadonlar, ko‘zoynak g‘ilofi, upa-elik sumkachalarini ushbu san’at turiga xos bo‘lgan usullarda tayyorlab berilmoqda.

Mazkur zardo‘zlik markazida tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tayyorlanadigan har bir liboslarni markaz malakali zardo‘zlari tomonidan mahorat darslarini o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

“Malika Sulton” zardo‘zlik markazi