G‘orlar va qadimiy qishloqlar bo‘ylab sayohat
- Davomiyligi3 kun
- YakuniSamarqand, 16:00
Sayohat rejasi
- Sayyohlarni yig‘ish va kutib olish.
- Omonqo‘ton qishlog‘iga yetib kelish, arxeolog D.N.Lev kashf etgan Omonqo‘ton g‘origa tashrif, Eski Amir yo‘li bo‘ylab sayr.
- Tushlik - tog‘a sayr.
- Tog' bag‘irlab piyoda sayr.
- Milliy uyda kechki ovqat. Hordiq.
- Nonushta.
- Shahrisabzga jo‘nab ketish.
- Ekskursiya.
- Restoranda tushlik qilish.
- Shahrisabzdan Tarag‘ay qishlog‘iga yo‘l olish.
- Amir Temur yodgorlik majmuasi va Tarag‘ay g‘oridan iborat Tarag‘ay qishlog‘iga ekskursiya.
- Milliy oilaviy xonadonda tunab qolish va ovqatlanish.
- Tarag‘ay qishlog‘idan tog' dovoni orqali Langar qishlog‘iga piyoda o‘tish.
- Langar qishlog‘idagi asosiy masjid hamda Langar ota ziyoratgohiga tashrif buyurish.
- Milliy xonadonda tushlik qilish.
- Samarqandga jo‘nab ketish.
- Samarqandga yetib kelish. Turistik xizmat ko‘rsatish yakunlanadi.
Tarag‘ay qishlog‘i va Amir Temur g‘ori

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida dengiz sathidan 3400-3500 balandlikda Tarag‘ay qishlog‘i joylashgan bo‘lib, u Amir Temurning otasi - Amir Muhammad Tarag‘ayning yurti hisoblanadi.
«Tarag‘ay» so‘zi qirg‘izchada «daraxtlar o‘smaydigan joy», qozoqchada «talag‘ay» so‘zi «adirlik, balandlik, cho‘qqi», o‘zbekchada «tog'» ma’nolarini anglatadi. Tarag‘ay so‘zi avvaliga tog‘ning nomi bo‘lib, tog‘ning shundoq yon bag‘ridagi qishloqni ham shunday atashgan. Qishloqda 100 dan ortiq jarliklar, soylar, tepaliklar va yassi tog‘liklar mavjud.
Bu yerda mahalliy o‘z mablag‘lari hisobidan buyuk ajdodi uchun chinakam yodgorlik o‘rnatishgan. Tarag‘ay qishlog‘ida Amir Temur g‘ori joylashgan. G‘orga borish uchun «Teshiktosh» deb nomlanuvchi so‘qmoq yo‘lidan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Aytishlaricha, g‘orlardan biri Samarqand viloyati hududlariga olib chiqadi.
Amir Temur g‘ori alpinistlar uchun eng qiziqarli maskanlardan biriga aylangan. G‘or atrofidagi muzliklar iyun oyining oxiriga qadar saqlanib qoladi, erigan suv esa o‘z navbatida juda ham mazali bo‘lib, katta bo‘lmagan tiniq ko‘l hosil qiladi. G‘orning tepasidan Samarqand viloyatining hududlari yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Langar qishlog‘i va Langar ota masjidi

Langar qishlog‘i o‘zining an’anaviy loydan qurilgan uylari bilan ajralib turadi. Bu yerda Siz O‘rta Osiyo qishloqlaridagi muqim hayotiga xos qadimiy urf-odatlarga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Qishloq ajoyib shakllardagi qoyalar orasidagi xushmanzara yerda joylashgan. Bundan tashqari, qishloq aholisi 80-90 yoshgacha yashaydigan uzoq umr ko‘ruvchilardan hisoblanadi.
Tog' yon bag‘rida shayx Muhammad Sodiq hazratlarining ziyoratgohi va XV asrdagi ko‘hna qabriston joylashgan. Maqbaraning eski ichki ko‘rinishi asl holicha saqlanib qolingan. Dahma ichida beshta qabr bo‘lib, rivoyatlarda yozilishicha, ulardan birida Amir Temurning qizi, uning yonida esa yozuvli tilla toshli qabrda shayx Muhammad Sodiq, kumushrang toshli qabrda shayxning o‘g‘li dafn etilgan. To‘rtinchi qabr tarki dunyo qilgan yamanlik shayx Abuh-Hasanga tegishli.
Maqbara atrofiga avliyoning 300 dan ortiq izdoshlari dafn etilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, ziyoratgohni uch marotaba aylanib, tavof qilinsa, o‘ylagan barcha istaklaringiz amalga oshadi.
Unga yaqin tepalikda XVI asrga tegishli, 19 ta ustunga ega qadimiy masjid mavjud. Afsonalarga qaraganda, masjid bir kun ichida qurib bitirilgan va so‘nggi ustuniga material yetmay qolganligi sababli unga g‘o‘zapoya ishlatilgan.

Omonqo‘ton g‘ori yoki Sher (Lev) g‘ori

Omonqo‘ton g‘ori yoki Sher (Lev) g‘ori Zarafshon tog‘larining shimoliy yon bag‘rida joylashgan. 1947-yilda arxeolog D.N.Lev bu yerda yer ostidan odam son suyagining bir qismini topadi. Keyingi tadqiqotlar o‘rganilayotgan qatlamdan kurakcha vazifasini bajargan tosh qurollarini aniqlashadi. Topilgan suyak qoldiqlari Teshiktosh g‘oridagi tarkib hamda xususiyatga egaligini tasdiqladi. Mazkur topilma so‘nggi Ashul madaniyatiga tegishli sanalib, O‘zbekistonda ibtidoiy odamlar mavjud bo‘lganligining guvohidir.
Omonqo‘ton karst g‘orining uzunligi 80 metrni tashkil etadi va u bir necha zallardan iborat. G‘orning kichik kirish qismi inson suyagi qoldiqlari topilgan keng zal bilan uyg‘unlashib ketadi. Qolgan zal va yo‘laklarining tubini sathi har yili o‘zgarib turadigan yerosti oqava ko‘llari o‘rab olgan. Yilning aprel oyida suv sathi birdan ko‘tariladi va may oyining o‘rtalariga kelib, u butunlay quriydi. G‘orga iyun oyining oxirlarida kirish mumkin, hatto bu paytda ham g‘orning pastki qismida suv saqlanib qoladi hamda ikkinchi zalga kirishni qiyinlashtiradi.

Suratlar

