“Hisor tog‘ʼlari bo‘ylab otlarda sayr” 4 kunlik  sayohat

“Hisor tog‘ʼlari bo‘ylab otlarda sayr” 4 kunlik sayohat

  • Davomiyligi4 kun
  • TuriOt sayri
  • BoshlanishiShahrisabz

Ot sayri

Ot sayri

Ot sayri - bu yetish qiyin bo‘lgan uzoq tog‘li hududlarga borish, go‘zal tog' manzaralari, cheksiz kenglikdagi dalalardan bahramand bo‘lish imkonini beruvchi faol dam olishning o‘ziga xos turidir. Otlar qadimdan ota-bobolarimiz e’zozlab kelgan olijanob hayvonlardir. So‘nggi paytlarda ot minish juda ham ommalashib bormoqda. Otda sayr qilish go‘zal manzaralardan bahramand bo‘lishdan tashqari, inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi – ot minish vaqtida barcha mushak guruhlari ishlaydi, inson eng musaffo tog' havosidan nafas oladi, tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘ladi, ko‘p yangi narsalarni o‘rganadi, yangi do‘stlar orttiradi. Bundan tashqari, turizmning bu turi yoqimli erkinlik hissini beradi. Oilangiz, do‘stlaringiz bilan bo‘ladimi yoki yolg‘iz o‘zingiz bo‘lasizmi, ot minish sizga quvonch va ijobiy his-tuyg‘ularni olib keladi.

Sayohat rejasi

1-kun

Guruhni Shahrisabzda yig‘ish. Avtomobilda Munavvar bog‘iga kelish (60 km, 2 soat). Munavvar bog‘iga otda sayr qilish. Ko‘l qishlog‘i (3,5-4 soat, 14 km).

2-kun

Ot minish, Hisor tog‘larining ajoyib tog' manzaralarini, g‘aroyib tevarak atrofni va diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish, Ko‘l - O‘rtabel dovoni (2466 m) va G‘ilon (3,5-4 soat, 12 km) qishloqlariga tashrif buyurish.

3-kun

G‘ilon qishlog‘idagi milliy uyda nonushta. Ishlayotgan G‘ilon suv tegirmoniga, Chanchi dovoni, g‘aroyib Sarchashma qishlog‘iga va uning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurish.

4-kun

Sarchashma qishlog‘idagi milliy uyda nonushta. Govkushak darasi, Tamshush va Sangitamosho g‘aroyib qishloqlari, Suvtushar sharsharasi, Hisor tog' suv omboriga tashrif buyurish.

Hisorak suv ombori

Hisorak suv ombori

Shahrisabz orqasida, baland tog‘lar bag‘rida zamonaviy dunyoda o‘zining an’anaviy qiyofasini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan bir qancha noyob tog' qishloqlari joylashgan. U yerda, Shahrisabzdan 35 kilometr uzoqlikdagi Miraki tog' qishlog‘idan uncha uzoq bo‘lmagan joyda tabiatning chinakam mo‘jizasi Oqsuv daryosida barpo etilgan – Hisorak suv ombori bor. U tog‘lar orasidagi chuqur botiqlikda yashiringanga o‘xshaydi.

G‘ilon qishlog‘i

G‘ilon qishlog‘i

G‘ilon — O‘zbekistondagi eng g‘aroyib tog' qishlog‘i. Shu paytgacha xorijlik sayyohlar bu qishloqqa alohida chegara rejimi sababli bora olmas edilar. Mahalliy aholi qadimiy urf-odatlari va turmush tarzini hanuzgacha saqlab kelmoqda. Qishloq har tomondan baland tog‘lar (4000 m dan yuqori) bilan o‘ralgan va dengiz sathidan 2000 m balandlikda joylashgan. Yaqin atrofda traktordan foydalanish mumkin bo‘lgan ravon va tekis yerlar deyarli yo‘q, shuning uchun dehqonlar tik (400 tagacha) tog' yonbag‘irlarida dalalarga deyarli qo‘lda, eng oddiy asboblardan, yirik chorva mollaridan foydalangan holda ishlov berishga majbur bo‘ladilar. Shuningdek tik tog' yonbag‘irlari va daryo daralarida mevali bog‘lar yetishtiriladi. O‘nlab kilometr uzunlikdagi tik tog' yonbag‘irlari bo‘ylab yotqizilgan sun’iy ariqlardan iborat keng sug‘orish tarmog‘i qishloq ahlining alohida faxri hisoblanadi. Qishloqning eski uylari va tor ko‘chalaridan iborat bo‘lgan markaziy qismi ayniqsa ajoyibdir. Hozirda bu yerda 7000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Sarchashma qishlog‘i

Sarchashma qishlog‘i

Hisorak suv omboridan 23 km uzoqlikda baland tog‘li Sarchashma qishlog‘i joylashgan. U Tojikiston Respublikasi bilan chegarada Hisor qo‘riqxonasi yaqinida joylashgan. Bu etnik tojiklar va eronliklarning urf-odatlari va an’analari saqlanib qolgan ajoyib joydir. Aholisi loydan yasalgan uylarda yashaydi, chorvachilik va xalq amaliy san’ati bilan shug‘ullanadi. V-VI asrlarda bu hududda forslar yashagan. “Oq kiyimli odamlar” harakati nomi bilan mashhur bo‘lgan, arablarga qarshi Muqanna qo‘zg‘oloni aynan shu qishloqda bo‘lgan, deb hisoblashadi. Muqanna voizlik qilgan va Abbosiylar xalifaligiga qarshi kurashgan. Rivoyatlarga ko‘ra, qo‘zg‘olonlardan biri Sanam tog‘ida bo‘lib o‘tgan, uni hozirgi kunda ham qishloqda ko‘rish mumkin. Qishloq atrofida go‘zal joylar juda ko‘p, odamlari kamtarin va mehmondo‘st bo‘lib, har bir odam mehmonlarni doimo xursandchilik bilan kutadi. Shuningdek qishloq atrofida ko‘plab buloqlar va go‘zal tog' yonbag‘irlari bor.

Suvtushar sharsharasi

Suvtushar sharsharasi

“Sutli sharshara” degan ma’noni anglatuvchi Suvtushar sharsharasi Hisor qo‘riqxonasi chegarasidagi shu nomdagi kichik daryoda joylashgan. Pog‘onali sharshara Hisor tog' tizimidan oqib o‘tadi, suv oqimining tushish balandligi 84 m. Sharsharaning o‘zi dengiz sathidan 2100 m balandlikda joylashgan. Suv oqimi yon bag‘irlari archa bilan qoplangan tor qoyali daraga tushadi. Suvtushar daryosi muzliklardan to‘yinadi, shuning uchun tog‘larda qor shiddat bilan erigan paytda, ayniqsa sersuv bo‘ladi. Bu vaqtda sharshara quyoshda porlab ko‘plab kamalaklarni yaratadigan, suv changlarining go‘zal pog‘onalarini shamol hilpiratadigan oq rangli suv devorini o‘zida ifodalaydi. Yumshoq qor bilan qoplangan qorli tog‘lar fonida sharshara qishda ham juda go‘zaldir, chunki u deyarli muzlamaydi.

Suratlar