Bo‘zsuvga 18 ta korxonadan kimyoviy ifloslangan suv oqizilayotgani aniqlandi
Qayd etilishicha, “Bo‘zsuv oqava suv tozalash” inshootiga kelib tushayotgan oqova suvlarning tarkibi, ularning tozalanishi hamda “Quyi Bo‘zsuv” kanaliga quyilishida amaldagi tartib va normativlarga rioya etilishi ahvoli Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislari ishtirokida o‘rganilgan.
O‘rganishda tozalash inshootiga Toshkent shahrida joylashgan 18 ta (15 ta tekstil va 3 ta qushxona) tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oqova suv tarmog‘iga yuqori konsentratsiyada ifloslangan, kimyoviy moddalari mavjud bo‘lgan oqova suvlar oqizib kelinayotgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, “Bo‘zsuv oqova suv tozalash” inshooti kelib tushgan oqova suvlarni biologik tozalashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda oqova suvlarni kimyoviy va fizikaviy tozalash imkoniyatlari mavjud emas.
